- Rukn: Sheʼrlar
- 971 marta ko‘rilgan
Antiqa javob
Bir kuni ukasidan
So‘rab qolibdi Hasan:
– Konfet hamda pul bersam,
Qay birini olasan?
– Akajon, – der Husanboy.
– Ishonsangiz so‘zimga,
Yaxshisi, siz konfetni
Solib qo‘ying og‘zimga.
Pul sig‘adi cho‘ntakka,
O‘rin qolmaydi gapga.
Gulbahor Anvarova,
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani
14-maktab 8-sinf