Eshqobil Shukur
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Eshqobil Shukur 1962-yil 20-iyulda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Boymoqli qishlog‘ida tug‘ilgan.O‘rta maktabni tugatgach Toshkent Davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetida tahsil olgan.
O‘zbenkiston televideniesida muharrir (1985-1992), “Saodat” jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari (1992-1994),Davlat Matbuot Qo‘mitasida bosh muharrir (1994-1995), 1995-2014-yilgacha O‘zbekiston televideniesida bosh muharrir ldavozimida xizmat qildi.Bugungi kunda “Ma'naviy hayot” jurnali bosh muharriri.
Ijodini o‘tgan asrning 80-yillaridan boshlagan Eshqobil Shukur “Qadimgi bitiktoshlarga yozuvlar”,“Mengim momomning yo‘qlovi” nomli ilk she’rlari bilanoq o‘z muxlislarini topdi. Shundan so‘ng uning “Yurakni o‘rganish” (1986), “Sochlari sunbul-sunbul” (1988),“Tungi gullar” (1989), “Yashil qushlar” (1995) she’riy to‘plamlari nashr etildi. “Hamal ayvoni”, “Ko‘z yumib ko‘rganlarim” nomli kitoblari nozik ta’b adabiyot muxlislari qalbini rom etdi.
“Tungi gullar” to‘plami respublika yoshlar tashkilotining Usmon Nosir nomidagi mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ijodkor “Ko‘hna bog‘ rivoyatlari”, “Oqibat oqshomi”, “Padarkush” nomli nasriy asarlar hamda “Ibtido xatosi”, “Naqshband” kabi dramatik dostonlar, “Lahza siniqlari”, “Nasoyim-ul muhabbatga sayr” turkumlari, “Dunyoning ko‘chishi”, “Qo‘riqxonada”,“Pul sanayotgan odam” kabi qissa va hikoyalar to‘plami hamda “Boboso‘z izidan” nomli tilimiz tarixi va tadrijiga bag‘ishlangan kitoblar ham yaratdi. Shoirning asarlari ingliz, rus, turk, ozarbajon kabi ko‘plab xorijiy tillarga ham tarjima qilingan.
Eshqobil Shukur 2013-yilda “E’tirof” mukofoti sohibi, 2016-yilda “Oltin qalam” xalqaro milliy mukofoti tanlovi g‘olibi bo‘lgan.
Serqirra ijojkor 2016-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan turkiy tilli adiblar anjumanida “Turkiy tillar sharafi “mukofotiga, joriy yilning iyun oyida esa 14-Turkiy xalqlar she’riyat festivalida “Qaldirg‘och” she’ri uchun Baxtiyor Vahobzoda nomidagi bosh mukofotga sazovor bo‘ldi.