Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan”da xanda

Tishingiz chiqmaganmi?

– Buvi, menga pista chaqib bering, – dedi bog‘chadan kelgan Gulsara.

– Ey, bolajonim, tishim bo‘lsa nonni suvga ivitib yermidim. Bizlarda tish qayda, – boshini sarak-sarak qildi buvisi.– Hm-m, haliyam tishingiz chiqma­gan­mi? – ajablandi Gulsara.

 ***

Yulduz va kunduz

 Gulsara akasidan so‘radi:

–Yulduzlar kunduzi nega ko‘rinmaydi?

–Yulduzlarmi? – bir oz o‘ylanib turdi Shuhrat, – menimcha, tong otganda quyosh ularni o‘chirib qo‘ysa kerak. Axir, biz ham ertalab chiroqlarni o‘chirib qo‘yamiz-ku...

 ***

Ochiq dars

 – Oyi, bugun adabiyotdan ochiq dars o‘tdik. O‘qituvchimiz menga “5” baho qo‘ydi, – dedi quvonib Shuhrat.

– Nima-nima, sinf­xonalaring yo‘qmi? Nega ochiqda dars o‘tasizlar? – gapga aralashdi Gulsara.

 ***

Qoshingiz qoraymabdi-ku

 Ko‘chaga chiqib keta­yotgan nabirasiga buvisi tayinladi:

– Ko‘p o‘ynay­vermay qosh qoray­guncha qayta qol, xo‘pmi, bolajonim.

Kechgacha o‘ynab kelgan Gulsara buvisining qoshiga tikilib dedi:

– Buvijon, hali o‘ynayversam bo‘lar ekan, qoshingiz qoraymabdi-ku!

 ***

Bu yoqqa chiqolmaydi

– Televizorni yaqindan ko‘raverma, ko‘zingni olib qo‘yadi qizim, – dedi oyisi.

– Oyi, tele­vi­zor­dagilar bu yoqqa chiqa olmaydi-ku, qanday qi­lib ko‘zimni olib qo‘yadi? – ajablandi Gulsara.

 ***

Hayvonot bog‘i ekanda

– Aka, qo‘lingizdagi qanday kitob?

– Bu kitob zoologiya. Unda barcha hayvonlarning qan­day yashashi o‘r­gatiladi, – singlisiga tushuntirishga harakat qildi  Shuhrat.

– Hm-m, demak bu kitob hayvonot bog‘i ekan-da, – dedi singlisi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.