Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yoz - o‘tmoqda soz

Oromgoh bag‘rida

Yozgi ta’til onlarini so‘lim tog‘ bag‘ridagi “Koinot” oromgohida o‘tkazayotgan o‘g‘il-qizlarning shiori shunday: “Koinot”ga uchamiz – yulduzlarni quchamiz!

 Rang-barang tadbirlar, qiziqarli sport  musobaqalari, aqlni charxlovchi viktorinalar bolajonlarning maroqli va mazmunli dam olishiga zamin yaratmoqda.

Iste’dodli yoshlar kunlik ijodiy-madaniy tadbirlarda o‘z mahoratlarini namoyish etmoqda.

Yosh avlodning ko‘ngildagidek hordiq chiqarishida samarali hissa qo‘shib kelayotgan “O‘zbekko‘mir” OAJga qarashli mazkur oromgoh mutasaddilariga, jonkuyar tarbiyachi va yetakchilarga ota-onalar, shu maskanda dam olayotgan o‘g‘il-qizlar cheksiz minnatdorchilik bildirishmoqda.

 

Kitobxonlik dunyosi – ma’naviyat ziyosi

 

Kitob mutolaasi bizni ezgulikka chorlaydi, yorug‘ manzillarga yo‘naltiradi.

Buni yaxshi anglagan “Dovon jilg‘alari” adabiy mahorat maktabi a’zolari yozgi ta’tilni fidoyi ustoz Muhabbat opa Abduqodirova boshchiligida kutubxonalarda badiiy adabiyotlar o‘qib, samarali o‘tkazmoqdalar.

– Men jahon adabiyoti durdonalarini o‘qiy boshladim. Tanlovda ustozim Muhabbat opa ko‘maklashdilar, albatta, – deydi Lochinbek Doniyorov.

– Ayni damda “Yulduzli tunlar”ni tugallash arafasidaman, – deydi Javohirbek Yo‘ldoshev ko‘zlari porlab.

– Men esa O‘zbek bolalar adabiyoti to‘plamidan joy olgan ko‘plab she’rlarni yod oldim, – deydi Madinabonu shodlanib.

Daryolarga, ummonlarga aylanmoqqa shaylangan “Dovon jilg‘alari” yuksalish yo‘lini qizg‘in kitobxonlikda olib borayotgani quvonarli. Buyuk maqsadlar shunday nurli qadamlardan boshlanadi.

Mahliyo ALISHER qizi

Toshkent viloyati Angren shahri

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.