Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Anglaganim

Deraza tokchasidagi gul so‘liy boshlaganda oyijonim tagini yumshatib, suv quyar ekanlar, uni “Chiroyligim”, deb barglarini silab qo‘ydilar. Ertalab turib qarasam, gul shunday yashnab ketibdiki, hatto shoxlarida ko‘pdan buyon kutayotganimiz g‘uncha ham bo‘y ko‘rsatibdi. Hovlimizdagi bo‘g‘otga in qurgan qushlar hammamizdan qochadi. Biroq akam ko‘rinishi bilan darrov yerga tushib pildirab yura boshlashadi. Chunki akam qushlarni quvlamaydi; don sepib turadilar.

Biz, bolalar, bobom bilan buvimning atrofida girdikapalakmiz. Sababi aniq. Bobojonim: “Toychog‘im, oppog‘im, polvonim”, – deb erkalatadilar, buvijonim yaxshi tilaklar bilan duo qiladilar. Har bir harakatimizda yaxshilikni ko‘radilar. Avvallari men, biz kichkina bolamiz, shuning uchun erkalash yoqadi, deb o‘ylardim. Biroq kuzatib bildimki, kap-katta dadam va onam ham ota-onasining erkalashidan, maqtovidan xursand bo‘lib ketishar ekan. Hatto-chi, o‘sha hammani “Bolam, bo‘tam”, – deb mehr ko‘rsatadigan buvim ham yaxshi gapga ilhaq ekanlar. Nega desangiz, agar uyimizga opalari mehmon bo‘­lib kelib, suhbatlashib o‘ti­rishsa, buvijonimning kay­fiyati shunaqangi yaxshi bo‘lib ketadiki, hatto qon bosimlari ham joyiga tushib qoladi.

Hozir sportda jahon re­­kord­larini o‘rnatayotgan aka-opalarimizning muvaffaqiyati – ular­ga hukumatimiz ko‘rsatayotgan mehr va g‘amxo‘rlik samarasi emasmi? Mehr odam­zodni, o‘simlik va hayvonotni ham yaxshilikka chorlar ekan, yashashga umid uyg‘otar ekan. Ona sayyoramizning tinchligi, gullab yashnashi ana shu mehrga bog‘liq ekan. Demak, dunyoni mehr qutqarar ekan.

Kelinglar, bir-birimizga mehr-muhabbatli bo‘laylik. Faqat mehr kutib emas, mehr ko‘rsatib yashaylik.

 

Ibrohim SUYUNOV,

Yashnobod tumanidagi 152-maktabning

6-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.