Uyimizda bayram bo‘lib ketdi
Opam Marjona 8-sinfda, ukam Mashhurbek 4-sinfda o‘qiydi. Ota-onamiz bizga Lolaxon ammam Tojikistonda yashashini, ularning Zokirjon, Zohidjon, Zafarjon degan o‘g‘illari, Zulfiya ismli qizlari borligini aytishgan. Biroq ikki davlat o‘rtasidagi chegaralar yopiqligi bois, ulardan xabar ololmayotganlaridan xafa bo‘lishardi. Prezidentimiz sa’y-harakatlari bilan ikki davlat – O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning qayta yo‘lga qo‘yilgani va chegaralarning ochilgani barcha yurtdoshlarimiz kabi bizga ham katta quvonch olib keldi. Bu xabarni eshitgan kunimiz uyimizda bayram bo‘lib ketdi. Xuddi tug‘ishgan aka-inilarimizni ko‘rishga boradiganday xursand bo‘ldik. Ota-onam ta’tilga chiqishimiz bilan bizni ham Tojikistonga mehmonga olib borishlarini aytishdi. Eng muhimi, endi biz do‘st davlatlar maktablaridagi tengdoshlarimiz bilan ham yaqindan tanisha olamiz.
Rayhona SHOMUNAVVAROVA,
Farg‘ona viloyati Beshariq tumani 29-maktab 7-sinf