Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Davra”ning davrasi kengaydi

Yashnobod tumanidagi 170-maktabda kitob­xonlik targ‘iboti muntazam olib borilmoqda. Turfa adabiyotlar bilan boyitilgan kutubxonamizda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan mutolaa soatlari, “Zukko kitobxon”, “Men sevgan adib”, “Bir asar tarixi” va boshqa mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy-adabiy kechalar o‘tkazib turish odat tusiga aylangan. Bu xayrli loyihalar barcha qatnashchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish barobarida, dunyoqarashlarini kengaytirishga, fikrlarini charxlashga katta hissa qo‘shmoqda.  Ayniqsa, maktabimiz qoshida tashkil etilgan “Davra” yosh ijodkorlar to‘garagi faoliyatini kitobxonlik, mutolaa daqiqalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu albatta, adabiyot olamiga endigina tetapoya qilib kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlar uchun poydevor yaratadigan ajib jarayon. O‘z taassurotlarini oqqa tushirayotgan qalamkash o‘quvchilarimiz uchun kitobxonlik juda zarur ekanini his etgan holda mashg‘ulotlarimizning asosiy qismini aynan shu yo‘nalishga ajratmoqdamiz. Bu urinishlarimiz kelajakda o‘z samarasini ko‘rsatadi, degan umiddamiz.                

Muxlisa ABDUQODIROVA,

ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.