Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2023-yil 5-son

  • Xayrlashuv

    Ustozlarim, sinfdoshlarim,

    Yaqinlarim, chin sirdoshlarim.

    Dilda quvonch, ko‘zda yoshlarim,

    Xush qol maktab, xayr, do‘stlarim.

     

    Boshlanmoqda uch oylik ta’til,

    Ham shodlanar, ma’yus tortar dil.

    O‘rtamizdan o‘tmas edi qil,

    Xush qol maktab, xayr, do‘stlarim.

     

    Qanday o‘tar ta’til kunlarim,

    Qiyin

    ...
  • Eng katta boylik

    Qizg‘in muhokamalardan so‘ng referendum asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz  kuchga kirdi. Unga “Inson–jamiyat–davlat” tamoyili kiritilgani bejiz emas.  Bu O‘zbekistonda inson qadr-qimmati, sha’ni eng oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilayotganini anglatadi.

    Qomusda ta’lim va ilm-fanga oid normalar ikki baravar ko‘paydi. Bundan buyon yurtimizda har bir

    ...
  • Xotira muqaddas – xotira aziz

    Sinfdosh

    Chiroyli xat yozmoqqa

    Juda havasmand edim.

    A’lochi qiz – Qumriga:

    “Biroz yordam ber”, – dedim.

    Shod boqib sinfdoshim,

    Cho‘zdi yordam qo‘lini.

    Endi men ham bilaman

    “5” olishning yo‘lini.

     obid_rasul.JPG

    Obid

    ...
  • Ijod – bepoyon ummon

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xalqimizning suyukli san’atkori Zulxumor Mo‘minovanomini eshitgan borki, beixtiyor jilmayib, “o‘ziga xos aktrisa”, deydi.

    Haqiqatan, Zulxumor opa bir-biriga o‘xshamagan, fikrlashga undaydigan, murakkab obrazlari bilan muxlislarning ko‘ngliga kirib borgan chin ma’nodagi ijodkor.

     Latif

    ...
  • Buyuklar shoir haqida

    Aziz kitobxon! Agar siz do‘konga kirib G‘afur G‘ulomning kitobiga duch kelsangiz, agar siz shu paytgacha uning kitobini uyingiz to‘riga qo‘ymagan bo‘lsangiz, uni olishga shoshiling. Chunki muqovasiga “G‘afur G‘ulom” deb yozilgan kitobda butun umrini xalqiga, yurtiga baxshida etgan buyuk zotning otashin qalbi urib turibdi.

    Maqsud

    ...
  • Bilib qo‘yki seni Vatan kutadi

    Sen bu kun sinfda shod yurak bilan

    Sinov navbatini kutib turasan.

    A’lo mamlakatning a’lo farzandi,

    Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!

    Globusda bo‘lgan har kichik nuqta

    Millionlab qondoshga vatan albatta.

    Baxtiyor xalqimiz yashar abadiy,

    Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!

    Jabrda masala qo‘sh muammodir,

    Xuddi shunda bir ulug‘

    ...
  • Men ko‘rgan urush

    Men odamzod kushandasi bo‘lgan nemis- fashist bosqinchilarining yer  yuzidan  tamoman  supurib tashlanganiga 10 yil to‘lganda dunyoga kelgan ekanman. Esimni taniganimda esa insonlarning 1418  kunini tahlikaga solgan, har daqiqada ajal o‘z qiyofasini ko‘rsatib turgan bu mudhish tarix bizdan  birmuncha yiroqlashgan, odamlar ancha xotirjam  tortib, qayta tiklash

    ...
  • G‘ildirakdan Trackergacha

    Bilamiz, texnika va texnologiyalar olami ko‘pchiligingiz uchun qiziq. Ishonamizki, bugungi kunda kashfiyotlarning yaratilish tarixidan tortib to hozirdagi o‘rnigacha sinchiklab o‘rganasiz. Bilganlaringizdan xulosa chiqarib, o‘zingiz ham yangilik qilishga intilasiz. Aynan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning kashfiyotini ommaga targ‘ib qilish uchun 2015-yil noyabr oyida

    ...
  • Kechir meni, qushcha

    Qish bo‘yi uyda o‘tiraverib zerikkanimizdan bahor quyoshi yilt etishi bilan bog‘ga yugurdik. Oldinda ketayotgan bolalar birdan “Jim”, degandek bir-birlariga ishora qilishdi.

    – Nima gap, – so‘radim sekin atrofga alanglab. O‘rtoqlarim yana ko‘rsatkich barmog‘ini labiga qo‘yib, olma daraxtiga ishora qildilar-da,  atrofini aylanib  o‘ray boshlashdi. Men ham yaqinroq borib

    ...
  • Nasimjon va kelishiklar

    O‘tirganda daftariga chizib rasm,

    O‘rtog‘ining qulog‘iga chertdi Nasim.

    Ustoz dedi: “Atrofingga solib razm,

    Kelishikning turlarini aytgin, Nasim!”

     

    Nasim shunda likillatib boshchasini,

     Turtib qo‘yar yana tag‘in oshnasini.

    “Aytgin”, deya o‘rtog‘iga yuzlanadi,

    Javob kutib to‘rt tarafga

    ...
  • Yashnadi olam

    Derazamdan boqdim olamga,

    Qir etagi gulga to‘libdi.

    Tuproq yorib chiqdi lolalar,

    Bahor dilga yaqin kelibdi.

     

    Atirgullar bo‘y cho‘zar ol rang,

    O‘rik asta gulin to‘kadi.

    Tabiatning dilkash shiviri

    Dilginamga buncha yoqadi.

     

    O‘t-o‘lanlar yashnar barq urib,

    Bog‘lar to‘ldi nafis

    ...
  • Oliy maqsad

    Mahallada yig‘ilib,

    Bir yaxshi niyat qildik.

    Ishlarni bo‘lib olib,

    Nihol ekmoqchi bo‘ldik.

     

    Qunt bilan qazib yerga,

    Ko‘chatlarni qadadik.

    Bosh-oyoq botib terga,

    Qushlarga in yasadik.

     

    Ezgu ishdan hamma shod,

    Gul o‘tqazib, suv quydik.

    Shu kuni oldimizga

    Oliy maqsadni

    ...
  • Otajonim

    Yiroq ketsam izimdasiz,

    Aytgan har bir so‘zimdasiz,

    Qalbimdasiz, ko‘zimdasiz,

    Mehribon otajonim.

     

    Hech kimdan kam qilmadingiz,

    Ko‘zimni nam qilmadingiz,

    Orzumni rad etmadingiz,

    Mehribon otajonim.

     

    Sherbek DAVLATALIYEV,

    Toshkent shahridagi

    Abu Ali ibn Sino maktabi

    ...
  • Ko‘rishguncha sinfdoshlarim

    Sinfdoshlar, aziz do‘stlarim,

    Chalinmoqda so‘nggi qo‘ng‘iroq!

    Astagina xayr-xo‘shlashib,

    Bolalikdan ketamiz yiroq.

     

    Sho‘xliklar-u o‘yin-kulgular,

    Qolib ketdi tanaffuslarda.

    Har bir oning qadriga yetmay,

    Bir yil o‘tdi ming afsuslarda.

     

    Beg‘uborlik va oltin davrim,

    Umrimizning bahori

    ...
  • She’riyat

    Hayotning bayoti u,

    Mir Alisher  yodi u,

    Boburning  nidosi u,

    “She’riyat  nima?”, deysiz.

     

    U  tuyg‘ular tug‘yoni,

    Qalbdir asl makoni,

    Ta’rifga yo‘q imkonim,

    “She’riyat nima?”, deysiz.

     

    Sizga javobimiz shul,

    She’riyat nafis bir gul,

    Unda roz aylar

    ...
  • Yomg‘ir

    Shitir-shitir mayin tovushlar,

    Erkalaydi quloqni bir-bir.

    Ucholmasdan pitirlab qushlar,

    Panalarda tizilar dir-dir.

     

    Tomchilari o‘par yuzingni,

    Go‘yo osmon yuborgan salom.

    Sekingina yumib ko‘zingni,

    Ohangidan olasan orom.

     

    Iforlardan hidlasang to‘yib,

    Ko‘chalarda kezsang shalabbo.

    Har

    ...
  • Yurtim - O‘zbekistonim

    Har kaft tuprog‘ing aziz,

    Ko‘glimga berar ilhom.

    Ajdodlarim bir umr,

    Qildi seni ehtirom.

     

    Tabiating fusunkor,

    Qish, bahor, yoz, kuzgacha.

    Bog‘-u rog‘lar yashnagan,

    Ta’riflagum o‘zgacha.

     

    Daraxtlar to‘kar bargin,

    Kuz epkini xushhavo.

    Sarhisobin chamalar,

    Do‘ppili dehqon

    ...
  • Qutlov

    O‘quvchilik  chog‘ida  jurnal  qoshida  Temur  Ubaydullo  tashkil  qilgan  yosh qalamkash to‘garagida    ijod  saboqlarini  o‘rgangan, Ulug‘bek Mustafoyev – Ulug‘bek Mustafo  bugun 65 yo­shini nishonlamoqda.

    ulugbek_mustafo.JPG

    U bugun

    ...
  • Hakamlar ham hayratda

    Belanchakdayoq o‘ziga-o‘zi alla aytib, murg‘ak qalbi ila musiqaga shaydo bo‘lgan go‘dak haqida eshitganmisiz? Yoki 1-2 yoshda televizorda qo‘shiq yangrashi bilan raqsga tushib, so‘zlarga jo‘r bo‘ladigan bola haqida-chi? Unda eshitib qo‘ying! Bu qobiliyat egasi – Firdavs Avezov.

    Firdavs 4 yoshidan buyon musiqa bilan shug‘ullanadi. U musiqa san’atini, ovoz sozlash mashqlarini birinchi

    ...
  • Bu ham rekord

    Gogol shirinliklarni juda yaxshi ko‘rgan. U dasturxon atrofida bir o‘tirishda bir banka murabboni shirin kulchalar bilan qo‘shib yevorgan. Gogol cho‘ntaklarini hamisha turli konfetlar va oqqand bilan to‘ldirib, shirinliklarni do‘stlari bilan baham ko‘rishni

    ...
  • Xushxabar

    Joriy yil 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi respublika bolalarining adabiy-badiiy jurnallari “Gulxan”, “G‘uncha” hamda “Tong yulduzi” gazetasi tahririyatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi. Hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan maqsad vazirlikning ta’lim muassasalari kursant va o‘quvchilari, tarbiyalanuvchilari, ichki ishlar organlari xodimlarining

    ...
  • Kitob javoningizga

    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosiNabijon ERMATOVko‘p yillardan beri siz – aziz bolalar uchun topishmoq va tez aytishlar, she’rlar yozib keladi.Uning ijod namunalari muntazam ravishda bolalar nashrlarida chop etiladi.

    Ijodkor ushbu kitobga tabiatda uchraydigan turfa qushlar haqida o‘rganib, ularni she’rga solib, siz

    ...
  • Men – Malala Yusufzodaman

    Aziz o‘quvchi, “Nobel” mukofoti haqida bilasizmi? Bu – buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar, madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissa qo‘shgan olim va tadqiqotchilarga har yili taqdim etiladigan eng nufuzli xalqaro mukofotdir.

    “Nobel”ning eng yosh sohibasi pokistonlik Malala Yusufzoda bo‘lib, u mukofotga mardligi va jasorati bilan sazovor bo‘lgan. Keling,

    ...
  • Arximed kashfiyoti

    Ulkan kashfiyotlar muallifi, italiyalik fizik olim Arximed shunday hikoya qiladi: “Qirolimiz Xiero meni tez-tez yoniga chaqirib, yangi ixtirolarim haqida surishtirardi. Bir safar u mendan bir muammoga yechim topishda ko‘maklashishni so‘radi. Qirol zargarga kerakli miqdorda  oltin berib, undan yangi toj yasashni buyurgan. Toj tayyor bo‘lgach qirol, usta meni aldamadimikin, oltinni bir

    ...
  • Chin do‘st

    Bahor quyoshining iliqqina taftida maktabga ketar ekanman, yo‘l bo‘yi o‘rtoqlarim bilan stadi­onda koptok o‘ynash, do‘kondan ul-bul olib, bekatda yeb o‘tirish haqida o‘yladim. Sinfda o‘tirib, bolalarni xonasida birin-ketin kelishini kutdim. Galma-galdan hamma yig‘ila boshladi. Eng yaqin do‘stlarim — Nodir, Jasur, Akmallar ham eshikdan ko‘rindi. Faqat Sardor yo‘q edi. Darsga qo‘ng‘iroq

    ...
  • Qani, ketdik...

    Bugun ustozlarimiz yonida, ota-onam bag‘rida, sinfdoshlarim, do‘stlarim bilan birga ekanman, so‘nggi qo‘ng‘iroq, maktab bilan xayrlashuv kuniga oz qolganini o‘ylasam, xayollarim har tomonga yetaklab ketadi. O‘quvchilik kunlarim tugagan sari uning qadriga ko‘proq yeta boshladim.  Kelajak avlod tarbiyachilari, fidoyilari, jonkuyarlari, aziz va mehribon ustozlarimiz Nargiza Karimova, Sevara

    ...
  • “Davra”ning davrasi kengaydi

    Yashnobod tumanidagi 170-maktabda kitob­xonlik targ‘iboti muntazam olib borilmoqda. Turfa adabiyotlar bilan boyitilgan kutubxonamizda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan mutolaa soatlari, “Zukko kitobxon”, “Men sevgan adib”, “Bir asar tarixi” va boshqa mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy-adabiy kechalar o‘tkazib turish odat tusiga aylangan. Bu xayrli loyihalar barcha

    ...
  • Pichugin ko‘prigi

    Taniqli  rus  yozuvchisi Yevgeniy Andreyevich Permyak (Vissov) 1902-yilda tug‘ilgan.  “Kim bo‘lish kerak?” (“Кем быт”) nomli ilmiy ommabop  romani bilanoq el og‘ziga tushgan  yozuvchi  bolalarga  ham   “Kulrang  bo‘ri haqida   ertak”, “Qari alvasti”, “Mavrikning  bolaligi”, “Bukri ayiq”,

    ...
  • Chol va dengiz

    1.   Endi o‘zingda yo‘q narsa haqida o‘ylashning vaqtimas. Yaxshisi, bor narsa bilan nimadir qilish haqida fikrlagan yaxshi.

    2.  Baxt odamga turfa ko‘rinishda beriladi, uni qanday tanir eding ham? Men, masalan, qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, chimdim bo‘lsa ham baxt olar va uning haqiga nima so‘rashsa, to‘lar

    ...
  • O‘zim topib kelganman…

    Sport – insonni sog‘lik, go‘zallik va mashhurlikka yetaklovchi yo‘l. Sportning koni foyda ekanligini bilgan bolalar mashg‘ulotlarni kanda qilmaydi.

    Tengdoshingiz, Toshkent shahar Yunusobod tumani 235-maktab o‘quvchisi Yahyobek Qobilov sportga qanday kirib kelgani haqida shunday dedi: “To‘garagimizni o‘zim topib kelganman, bir kuni ertalab maktab yonidan  o‘tib ketayotib devordagi

    ...
  • Murod Muhammad Do‘st

    Murod Muhammad Do‘st 1948-yili Samarqand yaqinidagi Jom qishlog‘ida tug‘ildi. Hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetida, so‘ng Moskvadagi adabiyot institutida tahsil oldi.

    U “O‘zbekfilm” kinostudiyasida, “Sharq yulduzi” jurnalida, O‘zbekiston Milliy axborot agentligida, “O‘zbekkino” Davlat aksiyadorlik kompaniyasida xizmat qildi.

    Bir vaqtning o‘zida, 1999-2004-yillarda

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.