Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Chin do‘st

Bahor quyoshining iliqqina taftida maktabga ketar ekanman, yo‘l bo‘yi o‘rtoqlarim bilan stadi­onda koptok o‘ynash, do‘kondan ul-bul olib, bekatda yeb o‘tirish haqida o‘yladim. Sinfda o‘tirib, bolalarni xonasida birin-ketin kelishini kutdim. Galma-galdan hamma yig‘ila boshladi. Eng yaqin do‘stlarim — Nodir, Jasur, Akmallar ham eshikdan ko‘rindi. Faqat Sardor yo‘q edi. Darsga qo‘ng‘iroq chalindi, u hanuzgacha yo‘q. “Nima bo‘ldi ekan?” degan savol qiynardi meni. Tanaffus bo‘lishi bilan Nodir, Jasur, Akmallarni chaqirdim.

— Bolalar, Sardor nega kelmadi? – dedim hadiksirab. — Xabaringiz yo‘qmi?

— Kasal bo‘lgandir-da! — dedi Akmal beparvogina. — Tuzalishi bilan keladi.

— Gaping to‘g‘ri. Lekin borib sinf rahbarimizdan so‘­ra­sak yaxshi bo‘lardi. Balki, kasal emasdir. Muallim o‘quvchilarning sababli yoki sababsiz dars qoldirayotganini biladi.

— Bilmadim. Lekin men ham Akmalning gapiga qo‘shilaman, – dedi Jasur labini burib. — Zarur ekanmi? Xuddiki, bir kun kelmaganiga qo‘zg‘olon ko‘tarib, cho­pib borishdek tu­yul­yapti menga.

— Ammo…

— Eee, agar qay­g‘urayotgan bo‘l­sang, bor, o‘zing so‘ra. Biz Jasur bilan bu­fetdan bulochka olamiz, – dedi Ak­mal.

Nodir bir chetda jimgina kuzatib turardi. Ular ketishi bilan yonimga keldi: – Yur, borib ustozdan Sardorni so‘raymiz!

Sinf rahbarimiz oldiga chopib bordik. Ustoz “Kelib qoladi. Faqat biroz sabr qilinglar”, – deb mavhum gapirdi. Shunday bo‘lsa-da, ko‘nglimiz xotirjam bo‘ldi. — Qani yana ikki o‘rtog‘ingiz? – dedi ustoz. — Hech ayrilmasdingiz-ku?!

Shunda ikkovimiz bo‘lgan gapni ustozimga so‘zlab berdik. Muallim xiyol o‘ylandi. Shu payt kirish qo‘ng‘irog‘i chalindi. Hamma sinfda yig‘ildi. Keyingi dars sinf rahbarimizniki edi. Muallim “Qani to‘rtovlon! Doskaga…” dedi nigohini har birimizga qaratib. Negadir xato qilgandek, do‘stlarimni o‘zim qazigan chohga itargandek, dilimda qo‘rquv bilan “sahna”ga chiqdim.

— Ayting-chi, siz o‘zingizni chin do‘st deb hisoblaysizmi? – so‘radi ustoz qanday javob berishimizni bilsa-da, ta’kidlab.

Hammamiz baravariga “Chin!” deb javob berdik. Ustoz o‘rnidan turdi-da, meni va Nodirni bir tarafga, Akmal va Jasurni boshqa tarafga ajratib qo‘ydi.

— Ana endi o‘rningiz to‘g‘ri joylashtirildi, – dedi men va Nodirga kulimsirab. — Sizlar haqiqiy, chin do‘stsizlar, yoningizdagilar emas. Haqiqiy do‘st birodaridan xavotir oladi, u haqida qayg‘uradi. Xabar olish kerak bo‘lsa, rozi bo‘ladi. Har qanday vaziyatda oshnasining yonida turadi. Sizlar esa do‘stingizni unutdindiz. Endi sizga savol: Chin do‘stman, deb baralla hayqirishga haqlimisiz?

 

Saidikrom SULTONOV,

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi

198-maktabning 7-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.