Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yurtim - O‘zbekistonim

Har kaft tuprog‘ing aziz,

Ko‘glimga berar ilhom.

Ajdodlarim bir umr,

Qildi seni ehtirom.

 

Tabiating fusunkor,

Qish, bahor, yoz, kuzgacha.

Bog‘-u rog‘lar yashnagan,

Ta’riflagum o‘zgacha.

 

Daraxtlar to‘kar bargin,

Kuz epkini xushhavo.

Sarhisobin chamalar,

Do‘ppili dehqon bobo.

 

Sensan aziz makonim,

Yurtim – O‘zbekistonim!

 

Nozira Egamqulova,

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani

13-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.