Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yomg‘ir

Shitir-shitir mayin tovushlar,

Erkalaydi quloqni bir-bir.

Ucholmasdan pitirlab qushlar,

Panalarda tizilar dir-dir.

 

Tomchilari o‘par yuzingni,

Go‘yo osmon yuborgan salom.

Sekingina yumib ko‘zingni,

Ohangidan olasan orom.

 

Iforlardan hidlasang to‘yib,

Ko‘chalarda kezsang shalabbo.

Har chechakni erkalab, suyib,

Nihollarni quchasan goho.

 

Shohsanam Norboyeva,

Samarqand viloyati Nurobod tumani

2-maktab 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.