- Rukn: Sheʼrlar
- 500 marta ko‘rilgan
She’riyat
Hayotning bayoti u,
Mir Alisher yodi u,
Boburning nidosi u,
“She’riyat nima?”, deysiz.
U tuyg‘ular tug‘yoni,
Qalbdir asl makoni,
Ta’rifga yo‘q imkonim,
“She’riyat nima?”, deysiz.
Sizga javobimiz shul,
She’riyat nafis bir gul,
Unda roz aylar ko‘ngil,
“She’riyat nima?”, deysiz.
Oyjamol QUVONDIQOVA,
Navoiy viloyati Xatirchi tumani
17-maktab 7-sinf