- Rukn: Sheʼrlar
- 599 marta ko‘rilgan
Ko‘rishguncha sinfdoshlarim
Sinfdoshlar, aziz do‘stlarim,
Chalinmoqda so‘nggi qo‘ng‘iroq!
Astagina xayr-xo‘shlashib,
Bolalikdan ketamiz yiroq.
Sho‘xliklar-u o‘yin-kulgular,
Qolib ketdi tanaffuslarda.
Har bir oning qadriga yetmay,
Bir yil o‘tdi ming afsuslarda.
Beg‘uborlik va oltin davrim,
Umrimizning bahori yoshlik.
Nahot endi xayrlashamiz,
Hayot goho bir bag‘ritoshdek.
“Xayr” deyish kelmas qo‘limdan,
Og‘ir botar bu so‘z yurakka.
Ko‘rishguncha, sinfdoshlarim,
Qo‘shilinglar ushbu tilakka.
Odina TO‘XTASINOVA,
O‘zDJTU 1-kurs talabasi