- Rukn: Sheʼrlar
- 508 marta ko‘rilgan
Oliy maqsad
Mahallada yig‘ilib,
Bir yaxshi niyat qildik.
Ishlarni bo‘lib olib,
Nihol ekmoqchi bo‘ldik.
Qunt bilan qazib yerga,
Ko‘chatlarni qadadik.
Bosh-oyoq botib terga,
Qushlarga in yasadik.
Ezgu ishdan hamma shod,
Gul o‘tqazib, suv quydik.
Shu kuni oldimizga
Oliy maqsadni qo‘ydik.
Qalbi daryo diyorning
Bizdan umidi katta.
Ulg‘ayib bog‘ qilamiz,
Yurtimizni, albatta.
Borimizni ayamay,
Elga tirgak bo‘lamiz.
Mehnatni qilmay kanda,
Yurtga xizmat qilamiz.
Bizga o‘rnakdir mudom,
Yurtim deb qaddi dollar...
Saodatga burkanib,
O‘syapmiz biz nihollar!
Bizdan ozod va obod
Vatan qolsin, yurt qolsin!
Dong‘i doston umrbod,
Har bir kun baxtga to‘lsin!
Maftuna Baxtiyorova,
Buxoro viloyati Shofirkon tumani
1-maktab 11-sinf