- Rukn: Sheʼrlar
- 465 marta ko‘rilgan
Yashnadi olam
Derazamdan boqdim olamga,
Qir etagi gulga to‘libdi.
Tuproq yorib chiqdi lolalar,
Bahor dilga yaqin kelibdi.
Atirgullar bo‘y cho‘zar ol rang,
O‘rik asta gulin to‘kadi.
Tabiatning dilkash shiviri
Dilginamga buncha yoqadi.
O‘t-o‘lanlar yashnar barq urib,
Bog‘lar to‘ldi nafis iforga.
Bolarilar topmay halovat,
Otlanishdi yana safarga.
Bahor, yurtga rizq-ro‘z olib kel,
Ko‘ngillar shod, quvonchga to‘lsin.
Oliy himmat, ne’mati tortiq,
Yurtdoshimga muborak bo‘lsin.
Rayhona NOROVA,
Toshkent shahar Sirg‘ali tumani
301-maktab 6-sinf