Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Arximed kashfiyoti

Ulkan kashfiyotlar muallifi, italiyalik fizik olim Arximed shunday hikoya qiladi: “Qirolimiz Xiero meni tez-tez yoniga chaqirib, yangi ixtirolarim haqida surishtirardi. Bir safar u mendan bir muammoga yechim topishda ko‘maklashishni so‘radi. Qirol zargarga kerakli miqdorda  oltin berib, undan yangi toj yasashni buyurgan. Toj tayyor bo‘lgach qirol, usta meni aldamadimikin, oltinni bir qismini o‘zida olib qolib o‘rniga boshqa metal qo‘shgan bo‘lishi mumkin-ku, deb o‘ylab qolgan. So‘ng gumonining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish uchun o‘z mulohazasini aytdi.

Arximed buni isbotlash uchun ancha vaqt turli tajribalar o‘tkazgan. Bir kuni u cho‘milish uchun vannaga suv to‘ldirib ichiga tushgan. Shunda olimning og‘irligi hisobiga vannadagi suv sathi ko‘tarilib tosha boshlagan. U xayoliga kelgan fikrga aniqlik kiritish uchun suvga chuqurroq kirgan. Suv esa yana ko‘proq toshgan. Shu topda u sevinganidan “Evrika” – “topdim” deb qichqirib yuborgan.

Demak, suvga tushrilgan jism o‘z hajmiga teng bo‘lgan suv og‘irligicha vaznini yo‘qotadi. Arximed shu zahotiyoq qasrga borib qirol Xieroga bir xil og‘irlikdagi kumush va oltin berishlarini so‘ragan. Ularni suv to‘ldirilgan kosalarga teng miqdorda solib, og‘irligiga aniqlik kiritgan. So‘ngra esa kattaroq 2 ta bir xil idishning biriga tojga berilgan hajmdagi oltinni, ikkinchisiga zargar yasagan tojni solgan. Hammaning ko‘z o‘ngida haqiqat yuzaga chiqqan, ya’ni tojga kumush qo‘shib yasalgani isbotlangan. Qirol esa zargarni yolg‘onchiligi va ochko‘zligi uchun jazoga tortgan.

 

Ingliz tilidan  Nigora IBRAGIMOVA tarjimalari

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.