TOPISHMOQLAR
***
Yeldek yelar qish-u yoz,
Po‘lat izlar poyandoz,
Yaqin qilar yiroqni,
Ummon, shahar, qishloqni.
***
Olisdagi diydorni
Yaqin qiladi oson.
Dildan suhbat qurishga
Yaratar cheksiz imkon.
***
Yassi ekran, mustahkam,
Unda olam siri jam.
“Sichqoncha”ga aytsang bas,
Xizmatga tayyor shovvoz.
***
Qaldiroqda qaltirab
Qumda ko‘rindi.
Ildizi ham yo‘q ekan
Darrov bilindi.
***
Zimiston bag‘rin kesar,
Oftobni ko‘rsa o‘char.
***
Shaharlari odamsiz,
Dengizlari suv, namsiz.
Sahrosida yo‘qdir qum,
Bu qanday yurt, aytar kim?
***
Yassi, yashil tuproqqa
Oppoq durlar sochilar.
Uni tergan bolalar
Tafakkuri ochilar.
Muhabbat HAMIDOVA