O‘sha kuni maktabga ancha barvaqt kelib qolibman. Vaqt o‘tkazish uchun bufetga kirdim. Qarasam, oldiga bir lagan “gumma”ni qo‘yvolib, qo‘shnim – mendan bir sinf yuqorida o‘qiydigan Abdulloh o‘tiribdi.
– Ishtahang karnay-ku, osh bo‘lsin, – dedim kinoya aralash.
– E, Aziz, juda vaqtida kelding-da, kimni mehmon qilsam ekan, – deb o‘tirgandim, – u o‘rnidan turib
...