Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qish

Sof, zangori osmondan

Pag‘a-pag‘a yog‘di qor.

Qor parchasi zarrada

Yerga yoqar mehri bor.

 

Qir-u dala tog‘lar ham

Kiyib olgan oq qalpoq.

Uying oynasidagi

Ayozning rasmiga boq.

 

Ko‘chamiz-chi, ko‘chamiz

Bizga boqar beg‘ubor.

Bir chiroyli muz ko‘ylak

Kiyib olibdi anhor.

 

Toza qalb-la oqila

Kirib keldi qishoyim

Dala-dashtlar bag‘riga

Yozib oqlik chiroyin...

Hamidulla MURODOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.