Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Vatan posboni  

Yurtim askar o‘g‘loni,

Xalqimizning posboni,

Qo‘riqchisi, qalqoni,

Vatanimning posboni.

 

Ayamayin o‘z kuchin,

O‘tar yigitlik burchin,

Vatanim tinch shu uchun,

Ona yurtim posboni.

 

Sergak u yoz-u qishda,

Hushyordir hatto tushda,

Yashar xalq osoyishta,

Vatanimning posboni.

 

Qalb tubidan kelar sas:

Ota yurt  qadim  meros!

Asrar, sanab muqaddas,

Vatanimning posboni.

 

Jasorat-u matonat,

Bizga ajdodiy odat,

Ko‘rsatar chin sadoqat,

Ona yurtim posboni.

 

Temur bobom izdoshi,

Mard Alpomish qondoshi,

Mustahkamdir bardoshi,

Mustaqil yurt posboni.

 

Dovrug‘ing oshar dovon,

O‘g‘lonlaring pahlavon,

Sha’ning avaylar har on.

Vatanimning posboni.

 

Ochil TOHIR

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.