- Rukn: Sheʼrlar
- 914 marta ko‘rilgan
Uyqu
Ko‘rinmaydi ko‘zimga,
Zinhor kirmas so‘zimga.
Ko‘z yumganda bilaman,
Zo‘r xayollar suraman:
Dengizdagi baliqman,
Qo‘ychi, cho‘pon-cho‘liqman,
Orzulari osmonman,
Shukrki, sog‘-omonman.
Olislarga ketsam men,
Samolarga yetsam men.
Zuhro yulduzin quchsam,
So‘ngra Mirrixga uchsam.
O‘-o‘-o‘, xayollar, xayollar,
Ne sirlarni ayonlar?!
Bas... hozircha to‘xtayman,
Chunki yotib uxlayman.
Barchinoy ISMATOVA,
Jizzax viloyati Zarbdor tumani
26-IDUM 7-sinf o‘quvchisi