Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mehmon

Kelganida mehmonga

Uy to‘riga o‘tqazdik.

Xursand qilib o‘zini

O‘yinchoqlar tutqazdik.

 

Yayrab ketdi shoxlari

Turfa rangda tovlanib.

Qaniydi bir umrga

Tursa bunda jonlanib.

 

Fursatni qo‘ldan bermay

O‘ynab-quvnadik rosa.

Bir yilga yetadigan

Zavq-shavqni oldik, mazza!

Hamidulla MURODOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.