- Rukn: Sheʼrlar
- 547 marta ko‘rilgan
“Gulxan”ga
Bolaligim quvonchi
Yana go‘zal sen bilan.
She’r-u ertak, hikoyang
Bo‘lishasan men bilan.
Takror-takror o‘qiyman,
Shodlik to‘lib dilimga,
Sharqdan chiqqan Quyoshday
Kirib kelsang uyimga.
Tutib qo‘ldan qo‘ymayman
Qadrdonim kitobday.
Mitti jussang qo‘limda
Nurin sochsa oftobday.
Omon bo‘l baxtimizga,
Doim yur safimizda.
Bolalarni quvnatgin,
Yuksalish asrimizda.
Hamidulla MURODOV