- Rukn: Sheʼrlar
- 596 marta ko‘rilgan
Qor
Qor yog‘adi lopillab,
Go‘yo oppoq kapalak.
Oppoq qorga burkanib
Dalalar aytar ertak.
Derazaga naqsh chizar
Naqqosh yo Ayoz bobo?
Bizlar esa ko‘chada
Yasaymiz ko‘p qorbobo.
Oppoq qorni oralab
Sayr qildik chanada,
Qordan qo‘rqqan bolalar
Isinishar panada.
Qor yog‘adi chiroyli
Go‘yo oppoq kapalak.
Bizga olis osmondan
Olib kel oppoq ertak.
Ibrohim MIRVOHIDOV,
7-sinf o‘quvchisi