Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mo‘jizaga ishoning

Qadimda bir kichik qishloqda Shohrux degan bolakay yashardi. U to‘polonchi, sho‘x, har kuni ko‘zining tagi ko‘karib kelardi. Qish kunlarining birida Shohrux o‘rtoqlari bilan tortishib qoldi. U o‘rtoqlariga “Qorbobo faqat ertaklarda bo‘ladi”, – deb qichqirar edi. So‘ngra o‘rtoqlariga Qorboboning yo‘qligini ishontirish uchun hech kimga aytmasdan ularni uzoq o‘rmonga boshlabdi.

Shohrux va uning o‘rtoqlari uzoq yo‘l yurib o‘rmon ichidagi bir kulbani ko‘rib qolishdi. Kulbani oldiga borib, derazadan mo‘ralashdi. Derazada ayoz solgan naqshlar ko‘p bo‘lgani uchun ular hech narsani ko‘ra olishmadi. Bolalar sovuqdan qaltirab kulbaning eshigini ochishga urinishdi. Eshik go‘yo ochilgisi kelmay yopilaverdi. “Kim bor uyda?” – deb so‘rashdi. Derazadan bir nuroniy yuzli, soqoli uzun chol qarab dedi: – “Faqatgina mo‘jizaga ishonganlar bu kulbaga kira olishadi”. Shu payt Shohruxning hamma o‘rtoqlari xursand bo‘lib kulbaga kirishdi va salomlashishdi. Chunki ular qorboboga ishonishar edi. Shohrux ham kirmoqchi edi, ammo eshik uni ichkariga qo‘ymadi. So‘ngra Shohrux jahl bilan ortga qaytmoqchi bo‘ldi. Ammo qancha urinmasin, ortiga ham qayta olmadi.

Bir-ikki soatdan so‘ng eshik taqilladi. Chol eshikni ochsa, Shohruh sovuqdan qaltirab turganmish: “M.. mm.. men ham endi mo‘jizaga ishonaman, – debdi past ovozda. Qorbobo Shohruxni uyiga kiritibdi. Ular biroz suhbatlashgach Qorbobo bolalarni  uylariga chanada olib borib qo‘ydi.

Yangi yil tongida Shohrux va uning do‘stlariga  uylarida sovg‘alarni qorbobo ulashdi. Shohruh shu kundayoq hammaga bu hikoyani aytib beradigan bo‘ldi. Hozirda Shohrux ertakchi bobo bo‘lgan. “Har qanday mo‘jiza eshik ortida bo‘ladi”.

Muslima RASHIDOVA,

8-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.