Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Dunyoni o‘zgartirmang

Qadim-qadim zamonda obod diyorni boshqargan bir qirol bo‘lgan ekan. Kunlarning birida u mamlakatning olis manzillaridan biriga yo‘l olibdi. Qirol  avvallari bunchalik uzoq yo‘l yurmagani va yo‘llar o‘nqir-cho‘nqir bo‘lganligi sababli oyoqlari zirqirab og‘ribdi. Sayohatga chiqqaniga pushaymon bo‘lgan qirol mamlakatdagi barcha yo‘llarni mo‘yna bilan qoplashni buyuribdi. Tabiiyki, buning uchun minglab molni so‘yishni va bu yaxshigina xarajatni talab etardi. Eng yomoni, bu chorvaning qirilib ketishiga  sabab bo‘lar edi. Shu damda qirolning bir dono mulozimi bu fikrning unchalik ham to‘g‘ri emasligini aytishga jur’at etibdi va debdi: “Podshohim, nima uchun siz shuncha ortiqcha xarajatga yo‘l qo‘ymoqchisiz? Undan ko‘ra, oyog‘ingizga shunday teridan maxsus kiyim tiktirsangiz bo‘lmaydimi?” Shoh dastlab hayronligini yashirmabdi va uzoq o‘yga cho‘mibdi. So‘ng bu maslahatning to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qilibdi. Aytishlaricha, bu voqea oyoq kiyimning ixtiro qilinishiga sabab bo‘lgan ekan.

Xulosa: Biz dunyoni baxtli ko‘rmoqchi bo‘lsak, dunyoni emas, avvalo, o‘zimizni, o‘z qalbimizni o‘zgartirishimiz lozim. 

Ingliz tilidan Dilnavoz Najimova

tarjimasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.