2023-yil – insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasidan
...Jahonning ilm-fan, madaniyat va sport shohsupalarida bayrog‘imizni baland ko‘tarayotgan o‘g‘il-qizlarimiz, shijoatli yoshlarimizga yangi-yangi zafarlar tilayman. Ular bizning faxrimiz-g‘ururimizdir......Jahonning ilm-fan, madaniyat va sport shohsupalarida bayrog‘imizni baland ko‘tarayotgan o‘g‘il-qizlarimiz, shijoatli yoshlarimizga yangi-yangi zafarlar tilayman. Ular bizning faxrimiz-g‘ururimizdir......Albatta, erishayotgan barcha yutuqlarimiz, inson qadri ulug‘ bo‘lgan diyor – Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi dastlabki natijalardir. Biz bunyodkor xalqimiz bilan birga bunday ezgu ishlarni davom ettiramiz va oldimizga qo‘ygan katta-katta marralarga albatta erishamiz....Shu bois, kirib kelayotgan yangi, – 2023-yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berishni taklif qilaman.Nima uchun yilga bunday nom beryapmiz?Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik. Bu siyosat bir yil bilan cheklanib qolmasligi, doimo bardavom bo‘lishi barchamizga ayon.Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu – bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emasmi?Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilyapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz.Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘lidir.Yusuf Xos Hojib bobomiz aytganlaridek:“Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘ladi,Bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi”.... Biz Yangi O‘zbekistonni “Ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurishni maqsad qilyapmiz. Buni Konstitutsiyada mustahkamlashimiz kerak.Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, demakdir.Shu bois, birinchi navbatda, e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratamiz.“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”....Ma’rifatparvar jadid bobolarimizning bu so‘zlari deputat va senatorlarimiz, siyosiy partiyalar, mahalliy kengashlar, butun davlat apparati, keng jamoatchilikning amaliy harakatiga aylanishi kerak. Shu bois, maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbini nufuzini oshirish, muallimlarning sharoitlarini yaxshilash 2023-yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi....Bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarini puxta o‘zlashtirib, kompyuterda ishlashni o‘rganib chiqishi zarur. Farzandlarimizni kasb-hunarlarga, san’at va madaniyatga qiziqtirishimiz lozim.O‘quvchilarda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Mana, maktablarimizga qanday muhit kirib kelishi kerak!Bu borada Prezident maktablarida 130 ta mamlakatda ma’qullangan “A-level” ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilgani o‘z samarasini bermoqda. Bu jarayonda har bir o‘quvchi o‘zining qobiliyatiga qarab, aniq yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur o‘qitiladi, dunyoning nufuzli oliygohlariga kirish imkoniyatlari kengayadi.Shu bois, 2023-yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilishni boshlaymiz....Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha maktab jamoalariga murojaat qilmoqchiman.Jondan aziz bolalarimiz maktabdan chet tillarni, kasb-hunar va kompyuter savodxonligini puxta o‘rganib chiqsa, bilasizlarmi, jamiyatimiz qanday o‘zgaradi?Yangi O‘zbekistonda maktab jamoalari va muallimlarining mas’uliyati aynan ana shu masalalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Va men ishonaman – siz, jonkuyar o‘qituvchilarimiz bu vazifani sharaf bilan uddalaysizlar.Kelgusi yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 ta maktab kengaytiriladi. Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelgusi besh yilda ularning sonini 1 mingtaga yetkazamiz.Yil boshidan Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 285 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yildi. Bu borada yetarli tajriba orttirdik....Shu bilan birga, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni kengaytiramiz. Kimyo sanoati, elektr texnikasi, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga alohida Muhandislik maktablari tashkil qilinadi. Bu tizim bizda hozirgacha bo‘lmagan. Lo‘nda aytganda, yangi zamon injenerlari tayyorlash tizimini yaratamiz....To‘rtinchi yo‘nalish ekologiya, ayniqsa, suv masalalari global muammoga aylanib borayotgani bilan bog‘liq.Biz nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlarni ham o‘ylashimiz shart. Shu bois, Konstitutsiyamizda tabiiy resurslar, jumladan, suv havzalari va yer osti zaxiralarini muhofaza qilish bo‘yicha talablarni kuchaytirishimiz zarur....Tabiatimizni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelgusi yilda har bir mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi kerak. Bu borada mavjud vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun ekologiya va atrof-muhitni asrash bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarimizni kuchaytiramiz....Barchangizni, butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, fayz-u baraka, oilaviy baxt tilayman.Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!Yaratganning o‘zi barchamizni, O‘zbekistonimizni panohida asrasin!