Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Xushxabar

Joriy yil 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi respublika bolalarining adabiy-badiiy jurnallari “Gulxan”, “G‘uncha” hamda “Tong yulduzi” gazetasi tahririyatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi. Hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan maqsad vazirlikning ta’lim muassasalari kursant va o‘quvchilari, tarbiyalanuvchilari, ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, ijodiy uchrashuvlarni o‘tkazish, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, is’tedodli yoshlarni kashf etish hamda vatanparvarlik, mardlik, faxr va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash sohasida tomonlarning o‘zaro hamjihatligini ta’minlashdir.

hamkorlik_memorandumi.JPG

Ilmiy-amaliy anjumanda so‘zga chiqqan general mayor A.Ikromov ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha tizimdagi yutuqlar haqida gapirar ekan, keyingi ikki yil mobaynida 39 ta majburiy adabiyot ro‘yxati  shakllantirilib, kitobxonlik darajasi 80 foizga yetganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

hamkorlik_memorandumi_2.JPG

O‘z navbatida, bolalar nashrlarining ijodkorlari xususan, “Gulxan” jurnali xodimlari ham ushbu memorandumning imzolanishidan mamnun bo‘ldik. Chunki ijodiy jamoamizning sa’y-harakati, izlanishlari, aql-zakovati bilan tayyorlanayotgan  ijod mahsuli bundan buyon Ichki ishlar organlari xodimlarining ham xonadonlariga, maxsus maktablariga yetib boradi. Qolaversa ular homiyligidaga umumta’lim maktablarining o‘quvchilari ham bu nashrlarning muhlisiga aylanadilar.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.