Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yashil boylik – keltirar sog‘lik

Tabiat musaffoligini saqlashda o‘simliklar olamining o‘rni katta. Ular inson uchun zarur bo‘lgan toza havo – kislorod chiqaradi. Shu bois ota-bobolarimiz azaldan ko‘chat ekib, bog‘ yaratib kelgan. Bu an’ana “Yashil hudud” umummilliy loyihasi asosida hozir ham davom etmoqda.

Biz yaqinda tabiat qo‘yniga sayohatga chiqdik. Zomin adirlaridagi toshlar orasida ko‘karib turgan archa nihollarini ko‘rib quvondik. O‘rmon xodimlarining aytishicha, ko‘chatlar yozda tomchilatib sug‘orilganligi tufayli bexato ko‘karibdi. Kelgusida archalar o‘sib, qir va adirlarga ko‘rk bag‘ishlaydi, havoni musaffo qiladi.

Yaqinda maktabimiz hovlisiga yuz tup mevali daraxt ekdik. Ayni kunda ustozlar ko‘magida ko‘chatlarga ishlov berayapmiz. Bu nihollar kattargach maktabimiz husniga husn qo‘shadi.

             

Mashhura Joniqulova,

Jizzax viloyati Zomin tumani 1-IDUM 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.