Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2023-yil 4-son

  • Oqsaroy

    Buyuk xalq qudratin aylab bashorat,

    Yuksalib turibsan mag‘rur, Oqsaroy.

    Amir Temur bobom qurgan imorat,

    Dunyoda yo‘q sendan ulug‘roq saroy.

     

    Derlar, suluv qizning dushmani husn,

    Yaxshi ham, yomon ham boqadi hayron.

    Sendagi go‘zallik, sendagi fusun

    G‘animlar ko‘nglini aylagan vayron.

     

    Gumbazlari moviy,

    ...
  • Yangilanayotgan Konstitutsiya

    Shu kunlarda xalqimiz Vatanimizning taqdiri va kelajagi, milliy taraqqiyotimiz uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi bilan qizg‘in tanishmoqda, muhokama qilmoqda. Bu haqida siz har kuni televizor orqali ko‘rib, eshitib turibsiz. Konstitutsiyaga o‘zgarishlar kiritish nima uchun kerak bo‘lib qoldi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Har qanday

    ...
  • Ulug‘ saltanat

    ...Do‘st-u birodarlik boshlangandan beri piri murshid Mir Sayyid Baraka Temurbekni turli holatlarda kuzatdi, xursandchilik va xafagarchiliklarda o‘zini qanday tutishini nazardan o‘tkazdi. Piri murshidga shu narsa ayon bo‘ldiki, Temurbek ulkan daryo ekan, butun dolg‘alari tubida pinhon, sirtdan esa limmo-lim to‘lib  oqayotgan Jayxun singari sokin... Unga birov tosh otsa, parvoyi yo‘q –

    ...
  • Zilzila bolalari

    Navro‘z mintaqamiz xalqlarining qa­di­miy va umumiy bayramidir. Uning mohiyatida do‘stlik, ahillik, bag‘rikenglik, yaxshi qo‘shnichilik kabi olijanob fazilatlar o‘z ifodasini topgan. Xalqimiz azaldan bu bayramni do‘st-u yaqinlari, qon-qardoshlari bilan birga nishonlagan. 

    Turkiy   xalqlar hamisha yaxshi va yomon kunlarda bir-birini qo‘llab-quvvatlagan. Bunday

    ...
  • Kitob bayrami va Andersen

    (2-aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni)

    Aprel oyi  rosa bayramlarga boy-da!  1-aprel – Xalqaro kulgi kuni, Xalqaro qushlar kuni. Bu bayramlarni  maktablarda  bir-biringiz bilan  hazillashib, qushlarga  inlar yasab o‘tkazishingizning  ertasiga  yana bir  judayam  chiroyli  bayram  – Xalqaro bolalar kitobi kuni

    ...
  • Unutmas meni bog‘im

    Ilhom

    Yangi bir she’rni tugatgan edim,

    Ikkinchisi kelib, eshikni qoqdi.

    Ilhom deganlari shu bo‘lsa kerak,

    Misralar qalbimga sel bo‘lib oqdi.

     

    She’r boshlab keladi sonsiz she’rlarni,

    Turnalar uchganday bahor paytida.

    Ilhom uchib kelar bol arisidek,

    Xuddi bol yotgandek shoir

    ...
  • Bolaligim – boychechak

    Jiyda gulin isladim,

    Hayajondan entikib.

    Bolaligim izladim,

    Dalalarga ko‘z tikib.

     

    Huv, olis-olislarga

    Quyoshday singib ketay.

    Biroq o‘tga ko‘milib

    Yig‘lagim kelsa, netay?

     

    Yig‘lama deb, shivirlab

    Yupata boshlar ajib,

    Bolaligim – boychechak

    Qo‘llarimdan ushlab

    ...
  • Lavha

    Derazadan ko‘rinar bog‘lar –

    Ko‘cha sovuq, yonar ichimiz.

    Men o‘n birda. Hali Oybekni

    O‘qitmagan o‘qituvchimiz.

     

    Sinf jimjit. Qari muallim

    Kitobdan bosh ko‘tarmay o‘qir,

    Ammo uni uqmaydi qalbim,

    Yuragimda Oybek she’r to‘qir:

     

    “Qish kechasi guvillar shamol,

    Dalada qor, qush inida

    ...
  • Yoz ertagi  

    Dalalarning qoq o‘rtasida

    Yer-u osmon aro bir ertak –

    Yulduzlarning mayin sasidan

    Tebranadi oppoq belanchak.

    Uxlab qolar horigan ota,

    Uxlab qolar terimchi — suluv,

    Uxlab qolar chorbog‘ ortida

    Ariqchada jildiragan suv.

    Faqat qora ko‘zlarin ochib,

    Hayratlarga to‘ldirib quchoq.

    Onasiga o‘xshatib

    ...
  • “Kitoblarni o‘qimaslik – jinoyat…”

    Qadrli “Gulxan” muxlislari, sahifamizning bu galgi mehmoni – yosh bo‘lsa-da, mashhurlikka erishgan vatandoshlarimizdan biri, taniqli aktyor, huquqshunos, radioboshlovchi, bloger, shoumenOtabek Mahkamov.

    Asli kasbi yurist bo‘lishiga qaramay unda aktyorlik, boshlovchilikka tug‘ma iste’dod kuchli bo‘lgan. Shu boisdan odatda uni bir kasb

    ...
  • “Ijod hayratlari” nomli to‘garak a’zolarining ijod namunalari

    Ustozim

    Ilm-u fanda ziyoda,

    Aqli donish,  bilguvchi.

    To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib,

    Doim qo‘llab turguvchi.

     

    Bilmaganim o‘rgatib,

    Bilganimni oshirar.

    Ta’lim berar tinmayin,

    Qalbimda olam kular.

     

    Qadri baland men uchun,

    Ular sabab parvozim.

    Baxtimga sog‘

    ...
  • Ustoz

    Onamdek mehribon, qalbi daryo zot,

    Ne-ne sinovlarga boy turfa hayot,

    Tuyg‘ular bong urib aytmoqda bayot,

    Yo‘limni yoritgan ustoz – muallim.

     

    Go‘zal chehrangizda porlar nur hamon,

    Ko‘nglingiz osmoni bilmasin armon,

    Bor ezgu tilaklar sizga armug‘on,

    Yo‘limni yoritgan ustoz – muallim.

     

    Farangiz

    ...
  • O‘zbek tilim

    Durmikan yoki gavhar,

    Tanda qon bo‘lib oqar,

    Yuraklarga o‘t yoqar,

    Navobaxsh o‘zbek tilim.

     

    Har bir so‘zi jiloli,

    Yana chuqur ma’noli

    She’rda yashnar jamoli,

    Beqiyos ona tilim.

     

    U qadrli bizlarga,

    Asal qo‘shar so‘zlarga.

    Bir gap aytay sizlarga

    Azizdir o‘zbek

    ...
  • Vatanim

    O‘zliging anglading, ey, Ona xalqim,

    Ajdodlar ruhini shod aylab bu kun.

    Dunyoga qo‘l berding mardona, mag‘rur,

    Do‘stlik va tenglikning isboti uchun.

     

    Har bir farzandingda ishonch bor qat’iy,

    Maqsadi aniqdir, qo‘lida bayroq.

    Qadamlari o‘ktam, ko‘zlarida cho‘g‘,

    Mehr-u sadoqatda hammadan

    ...
  • Tavsif

    Baxtga tavsif bering, yoki bir tasvir,

    Eshitganmisiz uning ta’rifin?

    Qiyoslamoq nechun? Ayting bir satr,

    Baxtlilar so‘ylasin baxtning neligin.

     

    Ulkan yutuqlardan aylanmas boshim,

    Behuda to‘kilmas ko‘zdagi yoshim.

    Asli saodatning menga yorligi –

    “Bolam” deguvchimning doim borligi.

     

    Ifora

    ...
  • Bahor zavqi

    Osmon tiniq hamda oq.

    Gulga to‘ldi hamma yoq.

    Qirlarda yam-yashil o‘t,

    Ko‘kda suzadi bulut.

     

    Shabada goh g‘irillar,

    Qaldirg‘ochlar chuvillar.

    Qo‘nib gulning bargiga,

    Bolarilar zuvillar.

     

    Iliq, sokin saharlar,

    To‘lib oqar anhorlar.

    Bundan shodon do‘st-u yor,

    Yurtimni bezar

    ...
  • Ustod Ogahiy  

    Nazm gulzorini etganda obod,

    Xiva gumbazidan yangradi bayot.

    Kaftida avaylab yashaydi avlod,

    Dillar bog‘bonidir ustod Ogahiy.

     

    Saltanat bog‘i-yu – davlat gulshani,

    Oshiqlar tumori ko‘ngil ravshani.

    Azim Xorazmning so‘nmas mash’ali,

    Mag‘rib-u mashriqda ustod Ogahiy.

     

    Magar ta’riflasam afzundir

    ...
  • She’riyat

    Qalbim sukunatga cho‘kmoqda,

    Otash bo‘lib yonmoqda alam.

    Tashvishlarga izlayman davo,

    Dardimga darmonsan she’riyat...

    Ko‘z oldimda deydi-ya qog‘oz,

    G‘amgin bo‘lma, asli men tuproq.

    Dil naqshingni yuzlarimga sol –

    Seni o‘ylab rangi-ro‘yim oq...

    Ovozim bo‘l jo‘shqin she’riyat.

    Yuksaklarga uchaylik, axir.

    Dil tubida

    ...
  • Chorlov

    Ey, kelajak farzandi,

    Quloq  solgin so‘zimga.

    Yaxshi o‘qi, ilm ol,

    Foyda bo‘lar o‘zingga.

    Sog‘lom yashash sirin bil,

    Maqsad qo‘y, harakat qil.

    A’lo o‘qishni boshla,

    O‘yin o‘ynashga shoshma.

    Bugungi texnikalar

    Judayam ko‘p jafosi.

    Telefon-u internet

    Bu asrning vabosi.

    Yo‘qotilgan on –

    ...
  • Raqamlarning sarguzashti

    Kunlardan bir kun Bir Ikkiga shunday dedi:

    — Ey Ikki, kel, turgin yonimda, bo‘laylik O‘n Ikki.

    Ikki esa javoban:

    — Yo‘q, ey Bir, sen kelgin, tur yonimda bo‘laylik Yigirma Bir, — dedi, — chunki Yigirma Bir O‘n Ikkidan ko‘p axir.

    Bir dedi:

    — Yo‘q, men sendan oldin turishim kerak, chunki sendan avvaldaman.

    Ikki dedi:

    — Yo‘q, men sendan

    ...
  • “Ikki eshik orasi”ni o‘qib

    “Rost bilan yolg‘onning o‘rtasi to‘rt enlik”, degan  gap bor.

    Qiziq, nega endi oz emas, ko‘p emas, to‘rt enlik? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi to‘rt enlik ekan. Eshitganingga emas, ko‘rganingga ishon... Maqsad – shu!

     

    Katta vijdonsizliklar kichkina nopokliklardan kelib chiqishini bilsam, nima qilay?

     

    Onalarning biz

    ...
  • Yong‘oq

    Yana tabiatshunoslik darsi tashqarida o‘tadigan bo‘ldi. Biz yong‘og‘imiz tagidan talashib joy egallaymiz. Yaxshilab o‘rnashib olgach,  jim o‘tirib, uni kuzatamiz. Birinchi sinfga chiqqan kunimizni  yaxshi eslayman.

    Muborak opa bizga maktab oshxonasi, ustaxona, kutubxonani ko‘rsatdi. Biz sinfimiz ro‘parasidagi ikki quloch qari yong‘oq daraxti ostida

    ...
  • Eh, qushlar, qushlar

    1-aprel – Xalqaro qushlar kuni

    Hammamiz  qushlarni  yaxshi  ko‘ramiz. Qanotli  do‘stlar, deb ardoqlaymiz. Qaldirg‘ochga ayvonimizdan joy beramiz. Sa’va, bulbul xonishlarini mazza qilib tinglaymiz. Qushlar bizga nafaqat zavq beradi, balki beminnat dastyorlik ham qilishadi. Ular – tabiat shifokori. Sichqon va kalamush kabi kemiruvchilarni, bog‘ va

    ...
  • Mag‘lubiyat “nashida”si

    Halol bahs – asli shu. Yutqizgan ko‘proq yutadi. Bilmaganini bilib oladi.

    (Erkin Vohidovning “So‘z latofati” kitobidan)

     

    O‘sha kunni juda yaxshi eslayman, odatda hayotimga ta’sir qilgan damlar xotiramda yaxshi saqlanadi. Ishga vaqtliroq keldim. Mo‘jazgina xonamga kirib o‘tirdim. Har doimgidek, yaqinda tugatgan asarim –

    ...
  • Yashil boylik – keltirar sog‘lik

    Tabiat musaffoligini saqlashda o‘simliklar olamining o‘rni katta. Ular inson uchun zarur bo‘lgan toza havo – kislorod chiqaradi. Shu bois ota-bobolarimiz azaldan ko‘chat ekib, bog‘ yaratib kelgan. Bu an’ana “Yashil hudud” umummilliy loyihasi asosida hozir ham davom etmoqda.

    Biz yaqinda tabiat qo‘yniga sayohatga chiqdik. Zomin adirlaridagi toshlar orasida ko‘karib turgan archa

    ...
  • Maktabda

    (Adibning sinfdoshi Akmal Ikromov hikoyasi)

    Mening otam savdo bilan shug‘ullanardi. 1906-yil bo‘lsa kerak, bo‘sh  yotgan  bolaxonalik  tashqari hovlimizda (yiliga ming so‘m ijara to‘lash, uy ta’mirini o‘zimiz qilib berish sharti bilan) yerli xalq bolalari uchun “Russko-tuzemnaya shkola” (rus taqlididagi boshlang‘ich maktab) ochildi. Ochilish

    ...
  • Mehrni anglatgan she’r

    Ayt, kim edik haqir Vatan quchog‘ida?

    Yetim edik mushfiq ona quchog‘ida,

    Ega bo‘ldik chin muhabbat bulog‘iga,

    Endi adl boshimizni xam qilmaymiz –

    Biz hech kimdan kam emasmiz,

                            kam bo‘lmaymiz

    Ushbu misralar

    ...
  • Endi o‘z yulduzlarimiz bor

    Futbol – millionlar o‘yini. Katta-yu  kichikni  o‘ziga  birday  mahliyo qilgan  o‘yin.  Siz bolalarning esa o‘z futbol  yulduzlaringiz bor. Ronaldo, Messi, Neymar... ularning  may­donga tushadigan  raqamini  siz  ham o‘z futbolkangizga  yozib  olgansiz. Ularga  o‘xshashni  istaysiz. Ba’zan “Eh,  qaniydi 

    ...
  • Yesangiz xurmo – yo‘qdir muammo

    Ota-bobolarimiz arab xurmosini xush ko‘rib yeganlar. Ramazon oyida bu ajoyib meva bilan og‘izni ochish qadimdan odat bo‘lib qolgan.

    Pishgan xurmo mevalari naviga qarab sariq-qizildan to‘q jigarranggacha farq qiladi. Xurmolarning quritilganligini ularning tashqi ko‘rinishidan aniqlash mumkin. Po‘sti qanchalik silliq bo‘lsa, meva shunchalik yangi

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    ***

    – Gans, buving necha yoshga  kirgan? – so‘radi Marta.

    – Bilmayman, men tug‘ilganimda ham u shu yerda edi, – xotirjam  javob berdi Gans. 

     

    ***

    – Aleks, soat to‘qqiz bo‘ldi. Sen hali ham yotibsan. Tezroq tur, – dedi ona, – axir  dadang navbatchilikdan kelib qolsa nima deydi?

    – Nima derdi, – onasi

    ...
  • Matnazar Abdulhakim

    Matnazar Abdulhakim 1948-yilning 20-fevralida Urganch tumanidagi Qorovul qishlog‘ida tug‘ilgan.

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2000). Rossiya Federatsiyasi Taganrog davlat pedagogika institutida tahsil olgan. 1982-1997-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limida adabiy maslahatchi, 1997-yildan umrining oxirigacha Xorazm Ma’mun akademiyasida ilmiy

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.