- Rukn: Sheʼrlar
- 534 marta ko‘rilgan
Bahor zavqi
Osmon tiniq hamda oq.
Gulga to‘ldi hamma yoq.
Qirlarda yam-yashil o‘t,
Ko‘kda suzadi bulut.
Shabada goh g‘irillar,
Qaldirg‘ochlar chuvillar.
Qo‘nib gulning bargiga,
Bolarilar zuvillar.
Iliq, sokin saharlar,
To‘lib oqar anhorlar.
Bundan shodon do‘st-u yor,
Yurtimni bezar bahor.
Dilnurbek Ne‘matjonov,
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani
42-maktab 5-sinf