- Rukn: Sheʼrlar
- 493 marta ko‘rilgan
Tavsif
Baxtga tavsif bering, yoki bir tasvir,
Eshitganmisiz uning ta’rifin?
Qiyoslamoq nechun? Ayting bir satr,
Baxtlilar so‘ylasin baxtning neligin.
Ulkan yutuqlardan aylanmas boshim,
Behuda to‘kilmas ko‘zdagi yoshim.
Asli saodatning menga yorligi –
“Bolam” deguvchimning doim borligi.
Ifora BAHROMOVA,
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani
29-maktab 9-sinf