- Rukn: Sheʼrlar
- 714 marta ko‘rilgan
Vatanim
O‘zliging anglading, ey, Ona xalqim,
Ajdodlar ruhini shod aylab bu kun.
Dunyoga qo‘l berding mardona, mag‘rur,
Do‘stlik va tenglikning isboti uchun.
Har bir farzandingda ishonch bor qat’iy,
Maqsadi aniqdir, qo‘lida bayroq.
Qadamlari o‘ktam, ko‘zlarida cho‘g‘,
Mehr-u sadoqatda hammadan boyroq.
O‘tmishing buyukdir, buguning shonli,
Kelajaging shaksiz, porloq bo‘lajak.
Muqaddas tuprog‘ing ko‘zga to‘tiyo,
Noming aytsam, ko‘ksim nurga to‘lajak.
Senda tug‘ildim men, shukr, Vatanim,
Seni bog‘-u bo‘ston – jannat atadim!
Husnidaxon MADAMINOVA,
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani 25-maktab 9-sinf