Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

O‘zbek tilim

Durmikan yoki gavhar,

Tanda qon bo‘lib oqar,

Yuraklarga o‘t yoqar,

Navobaxsh o‘zbek tilim.

 

Har bir so‘zi jiloli,

Yana chuqur ma’noli

She’rda yashnar jamoli,

Beqiyos ona tilim.

 

U qadrli bizlarga,

Asal qo‘shar so‘zlarga.

Bir gap aytay sizlarga

Azizdir o‘zbek tilim.

 

Ko‘p tillarni o‘rgandim,

Ochilmadi dilbandim,

Hammasidan balandim,

Serviqor o‘zbek tilim.

 

Shahrizoda BEKTURDIYEVA,

Xorazm viloyati Urganch shahri 8-maktab 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.