- Rukn: Sheʼrlar
- 863 marta ko‘rilgan
Ustoz
Onamdek mehribon, qalbi daryo zot,
Ne-ne sinovlarga boy turfa hayot,
Tuyg‘ular bong urib aytmoqda bayot,
Yo‘limni yoritgan ustoz – muallim.
Go‘zal chehrangizda porlar nur hamon,
Ko‘nglingiz osmoni bilmasin armon,
Bor ezgu tilaklar sizga armug‘on,
Yo‘limni yoritgan ustoz – muallim.
Farangiz ABDUSALOMOVA,
Jizzax shahri Hamid Olimjon va Zulfiya
nomidagi ijod maktabi, 9-sinf