- Rukn: Sheʼrlar
- 547 marta ko‘rilgan
Ustod Ogahiy
Nazm gulzorini etganda obod,
Xiva gumbazidan yangradi bayot.
Kaftida avaylab yashaydi avlod,
Dillar bog‘bonidir ustod Ogahiy.
Saltanat bog‘i-yu – davlat gulshani,
Oshiqlar tumori ko‘ngil ravshani.
Azim Xorazmning so‘nmas mash’ali,
Mag‘rib-u mashriqda ustod Ogahiy.
Magar ta’riflasam afzundir kalom,
Subh-u shom she’rimiz etadi davom.
She’riyat sultoni, sizga assalom!
Qalblarda barhayot ustod Ogahiy.
Parizodabonu BUNYODOVA,
Xorazm viloyati Xiva shahri
Ogahiy ijod maktabi 10-sinf