- Rukn: Sheʼrlar
- 722 marta ko‘rilgan
She’riyat
Qalbim sukunatga cho‘kmoqda,
Otash bo‘lib yonmoqda alam.
Tashvishlarga izlayman davo,
Dardimga darmonsan she’riyat...
Ko‘z oldimda deydi-ya qog‘oz,
G‘amgin bo‘lma, asli men tuproq.
Dil naqshingni yuzlarimga sol –
Seni o‘ylab rangi-ro‘yim oq...
Ovozim bo‘l jo‘shqin she’riyat.
Yuksaklarga uchaylik, axir.
Dil tubida yashar ishtiyoq,
Bor qiladi, bizni bu taqdir...
Qanotim bo‘l, go‘zal she’riyat,
O‘g‘iloy AMINOVA,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
To‘rtko‘l tumani 45-maktab 8-sinf