- Rukn: Sheʼrlar
- 551 marta ko‘rilgan
Chorlov
Ey, kelajak farzandi,
Quloq solgin so‘zimga.
Yaxshi o‘qi, ilm ol,
Foyda bo‘lar o‘zingga.
Sog‘lom yashash sirin bil,
Maqsad qo‘y, harakat qil.
A’lo o‘qishni boshla,
O‘yin o‘ynashga shoshma.
Bugungi texnikalar
Judayam ko‘p jafosi.
Telefon-u internet
Bu asrning vabosi.
Yo‘qotilgan on – olmos,
Taqsimlab ol vaqtingni.
Behuda narsalarga
Alishmagin baxtingni.
Ziyoda SAYDAHMEDOVA,
Toshkent shahar Yashnobod tumani
231-maktab 8-sinf