Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Eh, qushlar, qushlar

1-aprel – Xalqaro qushlar kuni

Hammamiz  qushlarni  yaxshi  ko‘ramiz. Qanotli  do‘stlar, deb ardoqlaymiz. Qaldirg‘ochga ayvonimizdan joy beramiz. Sa’va, bulbul xonishlarini mazza qilib tinglaymiz. Qushlar bizga nafaqat zavq beradi, balki beminnat dastyorlik ham qilishadi. Ular – tabiat shifokori. Sichqon va kalamush kabi kemiruvchilarni, bog‘ va polizlardagi zararkunanda hasharotlarni qirib, hosilni asrab qolishda bog‘bon va dehqonlarimizga ko‘makdosh.

Yer yuzida  ularning 10000 dan ortiq turi bor. Bu raqam ancha salmoqli ko‘rinadi. Biroq  shu narsa ham ma’lumki,  iqlim o‘zgarishi, o‘rmonlarning  ayovsiz kesilib  ketishi sababli ba’zi  qush  turlari   bugungi kunda  Yer  yuzidan butunlay  yo‘qolib ketish arafasida turibdi.  Ushbu  sahifamizda  siz   ana shunday  noyoblashib qolgan qushlarning ayrimlari bilan tanishasiz.

 

Oltin qirg‘ovul

U  ko‘proq Xitoyning  g‘arbiy o‘rmonlarida uchragani bois Xitoy qirg‘ovuli ham deyiladi. Oltin qirg‘ovul deyilishiga sabab, uning  qanotlari  rang-barang tovlanib turadi. Ertaklarda qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i uzun  ekan deganlaridek, uning ham dumi tanasidan ikki barobar uzun. Yer yuzida atigi 2000ga yaqin qolgan.

 

Sebu qushi

U  ko‘proq Xitoyning  g‘arbiy o‘rmonlarida uchragani bois Xitoy qirg‘ovuli ham deyiladi. Oltin qirg‘ovul deyilishiga sabab, uning  qanotlari  rang-barang tovlanib turadi. Ertaklarda qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i uzun  ekan deganlaridek, uning ham dumi tanasidan ikki barobar uzun. Yer yuzida atigi 2000ga yaqin qolgan.

 

Yangi Kaledoniya boyqushi

Juda  sirli. Rangi qora. Patlari  orasidan  kulrang chiziqlar o‘tgan. Oyoqlari yo‘g‘on va uzun. Dumi dumaloq. Shu choqqacha  ovozini hech kim eshitmagan. Bugun Yangi Kaledoniyada 50 donagina  boyqush  yashamoqda.

 

Imperator Amazon

Dominikan Respublikasining  milliy  ramzi bo‘lgan to‘tiqushga bugun havas qilib bo‘lmaydi.  Chunki   uning  oilasida  50 donagina  to‘tiqush yashamoqda. Ular juda uyatchanligi uchun uchtadan ortiq to‘tilar davrasida o‘tirolmaydi. Ularning keskin kamayib ketishiga  oroldagi  muhitning o‘zgargani, Mariya  to‘foni sabab bo‘lgan deyilmoqda.

 

Qizil boshli tojdor qush

Bu antiqa tojdor qushning ham vatani  Filippin. Uning  toji suyakdan iborat. Ota-ona qushlar  polaponlarini   so‘lagi  surtilgan loy bilan o‘ralgan daraxt kovagida asrashadi. Devor  orasidan bolalarga  ovqat tashlash  uchun kichkina tirqish qoldirishadi. Shuncha asrab-avaylashlariga qaramasdan  ularning soni ham sanoqligina  qolgan.

 

Toshqirra

Toshqirra Yangi Zelandiyaning janubiy  orollarida  yashaydi.   Boshqa  qushlardan farqi  – uzoqqa  ucha olmaydi.  Umurtqasiz  jonivorlar, rezavor mevalar, daraxt urug‘lari va gul nektarlari bilan oziqlanadi. 1985-2005-yillar  oralig‘ida ular soni teng yarmiga  kamayib ketgan. Shu bois muhofazaga olingan.

 

Topakolo Stresemann

Tadqiqotchilar   2018-yilgacha bu qushni  butunlay qirilib ketgan deb hisoblardi. Xayriyat, 2018-yilda  uning  yagona  nusxasi topildi. Umid  qilamizki, hademay uning jufti ham uchib keladi.

 

Baliqchi qirol

Evrika! Vatani  Janubiy Filippin  o‘rmonlarida bo‘lgan, 130 yildan buyon ko‘rinmay ketgan bu qush yana  paydo  bo‘ldi. Baliqchi qush tropik va subtropik o‘rmonlarda  yashaydi. Simobiy, to‘q sariq va moviy rangli  patlari qushni juda  viqorli ko‘rsatadi.

 

Azim AXTAMOV  tayyorladi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.