Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Ikki eshik orasi”ni o‘qib

“Rost bilan yolg‘onning o‘rtasi to‘rt enlik”, degan  gap bor.

Qiziq, nega endi oz emas, ko‘p emas, to‘rt enlik? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi to‘rt enlik ekan. Eshitganingga emas, ko‘rganingga ishon... Maqsad – shu!

 

Katta vijdonsizliklar kichkina nopokliklardan kelib chiqishini bilsam, nima qilay?

 

Onalarning biz tushunmaydigan, bizning o‘lchovimizga sig‘maydigan o‘z olami bor.

 

Yozuv ichki tug‘yonlarni to‘laqonli aks ettirolmaydi!

 

Haqiqat havoga o‘xshaydi. Nafas olib turasiz-u o‘zini ko‘rmaysiz.

 

Nilufar Ruxillayeva,

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 1-bosqich talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.