Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan”da xanda

***

– Gans, buving necha yoshga  kirgan? – so‘radi Marta.

– Bilmayman, men tug‘ilganimda ham u shu yerda edi, – xotirjam  javob berdi Gans. 

 

***

– Aleks, soat to‘qqiz bo‘ldi. Sen hali ham yotibsan. Tezroq tur, – dedi ona, – axir  dadang navbatchilikdan kelib qolsa nima deydi?

– Nima derdi, – onasi qornim o‘lguday och, nonushtaga nima pishirding? – deydi-da.

 

***

– Sarsenboy, nega doim  yolg‘on gapirasan, uyalmaysanmi?

– Uyalmayman, chunki men Aldarko‘saning  evarasiman.

 

***

– Volodya, katta bo‘lsang kim bo‘lmoqchisan?

– Menmi, uchuvchi bo‘lmoqchiman.

– O‘-ho‘, orzung  zo‘r-ku!

– Bu mening orzum emas.

– Iye, kimning orzusi?

– Dadam bilan oyimning.

 

***

– Og‘ayni to‘yib olma  yeyishni xohlaysanmi, – so‘radi  Chingiz  uylariga mehmonga kelgan Aymambetdan.

      – Xohlayman, albatta, – tamshandi Aymambet.

      – Unda hov anavi boqqa boramiz, olmalari rosa pishgan, mazza qilib yeymiz.

      – To‘ygunimizchami?

– Yo‘q, egasi kelguncha!..

 

***

– Oyi, Islomingiz jonimga tegib ketdi. Men nima yesam, men ham shundan yeyman, deb janjal qiladi,- dedi Firdavs.

– Aldamang, kecha kaltak yeyayotganingizda u so‘ramasdan  qochib ketdi-ku, – dedi Mumtoz.

 

To‘plovchi: Muhabbat HAMIDOVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.