Mehrni anglatgan she’r
Ayt, kim edik haqir Vatan quchog‘ida?
Yetim edik mushfiq ona quchog‘ida,
Ega bo‘ldik chin muhabbat bulog‘iga,
Endi adl boshimizni xam qilmaymiz –
Biz hech kimdan kam emasmiz,
kam bo‘lmaymiz
Ushbu misralar taniqli ijodkor Abdusaid Ko‘chimov qalamiga mansub bo‘lib, uning “Muhabbat bog‘lari” kitobidan joy olgan. Shoirning she’rlarini o‘qir ekanmiz, nafaqat oilaga bo‘lgan mehr-muhabbat, balki Vatanga, do‘stlarga nisbatan mehr tuyg‘usini yana ham teran his qila boshladim. Kitobdagi she’rlarni oila davrasida birgalikda o‘qidik, muhokama qildik. Odam mehr-muhabbatsiz yashay olmasligini, atrofingizni o‘rab turgan, bizga yaxshiliklarni ravo ko‘radigan insonlarga nisbatan biz ham o‘z navbatida xayrli ishlarimiz, odob-axloqimiz, erishayotgan yutuqlarimiz bilan javob qilishimiz kerakligini tushundim.
Madina ASOMIDDIN qizi,
Toshkent shahri 51-maktab 11-sinf