- Rukn: Sheʼrlar
- 594 marta ko‘rilgan
Bolaligim – boychechak
Jiyda gulin isladim,
Hayajondan entikib.
Bolaligim izladim,
Dalalarga ko‘z tikib.
Huv, olis-olislarga
Quyoshday singib ketay.
Biroq o‘tga ko‘milib
Yig‘lagim kelsa, netay?
Yig‘lama deb, shivirlab
Yupata boshlar ajib,
Bolaligim – boychechak
Qo‘llarimdan ushlab jim.
Xurshid DAVRON