Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Matematika – fanlar shohi

Hisob-kitob ishlarida ajdodlarimizning ilmiy salohiyati ancha yuqori darajada bo‘lgani ma’lum. Demak, ota-bobolarimizning ilmga tashna qaynoq qoni tomirimizda oqayotgani hamisha seziladi, 4-5 yoshar paytingizni eslang. Dasturxon atrofida oila a’zolaringizning soniga qarab nechta piyola qo‘yish kerakligini kichik yoshdan anglagansiz. Bu – oddiy matematika, xolos. Endi murakkab arifmetikani yodga oling. Do‘konga chiqqaningizda necha kilogramm sabzavot olib, massasiga qancha to‘lov qilish borasida binoyidek savdolashgansiz. Hozir esa kundalik hayotingizda bu kabi hodisalarga deyarli har kuni duch kelasiz. Demak, donolar “Matematika — fanlarning shohi” deb bejiz aytishmagan. Qaysi fanga nazar solmang, uning zamirida matematika mujassam. Misol uchun, shifokorga kimyo fani suv va havodek muhim. Chunki moddalar almashinuvi, ularning reaksiyaga kirishuvi me’yorda bo‘lishi lozim. Uning bu holati esa matematik amallar bilan bog‘liq.

Ba’zi o‘quvchilar “Men jismoniy tarbiyadan yaxshiman, hisob-kitob bilan esa boshimni qotirmayman” deydi. Lekin ularga yaxshi ko‘rgan fanidan savol bersa, bilishadimi? Basketbol to‘pining og‘irligi qancha? Eng qisqa sakrash necha metr? Qancha masofaga yugurganda inson organizmi charchab qoladi? Axir, bu ham matematika-ku!

Demak, yoshlikdan matematikani puxta o‘rganish, sizning hayotga qay darajada tayyor ekanligingizni ko‘rsatadi.

Jasmina MAXMASALAYEVA,

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani 28-maktab, 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.