To‘rtburchak ko‘z, oq baliq, yig‘loqi toshbaqa
- Dunyoda eng katta molluska – Hind okeanida uchraydi. Uning vazni 250 kilogrammni tashkil etadi. Quloq suprasi esa 2 metr.
- Chukotka va Alyaska suvlarida uchraydigan Dalliya balig‘i eng uzoq yashaydigan baliq bo‘lib, u bir necha oygacha muz ostida, muzlagan holda yashay oladi.
- Delfinlarning kommunikatsion tizimi shunaqangi rivojlangan ekanki, har birining o‘z nomi bo‘lib, delfin faqat o‘sha ovozgagina qaraydi.
- Sakkizoyoqlarning ko‘z qorachiqlari to‘rtburchak shaklda ekan.
- Kitning yuragi minutiga atigi 9 marta urar ekan.
- Pingvin – ucholmaydigan, lekin suza oladigan yagona qush. Shuning bilan birga qushlar orasida faqat ugina tikka yura oladi.
- Delfin bir ko‘zi ochiq holda uxlaydi. Bunda uning navbatchi yarim miya shari ishlab turadi. Miyaning yarmi esa bemalol tush ko‘rib uxlaydi.
- Ochofatligi bilan nom chiqargan akulalarning oshqozonidan juda ko‘p buyumlar, hattoki, kema va qayiqlarning bo‘laklari ham topiladi.
- Dengiz toshbaqasi har doim yig‘lab yuradi. U shu yo‘l bilan tanasidagi tuz miqdorini meyorda ushlaydi.
- Suv ostida yashaydigan jonivorlarning eng kattasi ko‘k kit ekanligini bilamiz. Kit yuragining o‘lchami yengil mashina bilan teng.
- Akvariumdagi tilla rang baliqlarni qorong‘i xonaga qo‘yilsa, ularning rangi oqaradi.
- Kit “favvora” otganida organizmidagi ortiqcha, eski gazni chiqaradi.
- Jirafa tilining rangi qop-qora bo‘lib, 45 santimetrgacha bo‘ladi. Ularning yuragi yer yuzidagi barcha hayvonlarning yuragidan katta va bosimi eng baland hisoblanar ekan.
- Mushuklarning jag‘lari yon tomonga qimirlamas ekan.
- Qushlarning ichida Albatros uyquda ham ucha oladi. Qush miyasining yarim shari xuddi delfinnikidek “navbatchi”lik qiladi.
Internet manbalari asosida B. LUTFULLAYEVA tayyorladi.