Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qish so‘ngida

Tabiat burkanar oppoq qorlarga,

Daraxtlar ham eski to‘nin yechishar.

Gul-giyoh uyquda, faqat biz uyg‘oq,

Bolalar kun bo‘yi chana uchishar.

 

Qish oxirlab asta sumalak yig‘lar,

Daraxtlar tanini qitiqlar quyosh.

Bahorga oz qoldi, qorlar ham tindi,

Ko‘p o‘tmay maysalar ko‘taradi bosh.

 

Ozodbek CHORIQULOV,

Buxoro shahar 23-sonli maktab-internat 5-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.