Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Oltin fasl” boshqotirmasi

Zanjir holida: 1. Qovun sayillarida oʻtkaziladigan bahs. 2. Mayizbop uzum navi. 3. Yerni kelgusi yil ekin ekishga tayyorlash jarayoni. 17. Kuzda ham ekiladigan piyozlar turkumiga mansub sabzavot. 18. Kuzda pishadigan, qishga saqlanadigan qovun navi.

Boʻyiga: 4. Qadimda kuzgi teng kunlikda oʻtkazilgan xalq bayrami. 7. Ekin ishlari kuz faslida amalga oshirilib, sugʻorilmay, hosil olinadigan dehqonchilik. 8. Kuzpishar sabzavot. 9. Tolali sanoat ekini. 10. Nok navi. 11. Ìashhur sohibkor ismi bilan ataluvchi, oʻrtapishar uzum navi. 12. Nomi “oltin olma” maʼnosini anglatuvchi sabzavot. 19. Moyli yem-xashak ekini. 20. Kuzgi hosil bayramlarida oʻtkaziladigan ommaviy xalq tomoshalari.

Eniga: 5. Hoʻl meva. 6. Odatda kuz faslidan boshlab isteʼmol qilish organizm uchun foydali boʻlishi tavsiya etilgan jonivor. 12. Yer haydash uchun moʻljallangan qishloq xoʻjaligi quroli. 13. Kuzning dastlabki oylariga xos iqlim. 14. Dukkakli don. 16. Kuzda ekiladigan boshoqli ekin turi. 21. Tola olinadigan oʻsimliklar majmui.

Diagonal boʻyicha oʻngga: 10. Respublikada ekiladigan qizil sabzi navi. 15. Mevalardan tayyorlanadigan ichimlik.

Diagonal boʻyicha chapga: 14. Uzumning mushk atir hidini eslatadigan xushboʻy navi.

CHAYNVORD 22. Kech kuz davri. 23. Quyoshsevar ekin. 24. Bahor va kuz fasllarida yetishtiriladigan sabzavot. 25. Shamsiya yil hisobida kuz faslining 22-oktyabridan 21-noyabriga qadar davom etuvchi oy nomi. 26. Kuzning soʻnggi kunlarida uyquga ketadigan yirtqich. 27. Sharafiga sayillar oʻtkazilayotgan poliz ekini. 28. Respublikamizdan kuzda janubga uchib ketadigan qush. 29. Kuzpishar shifobaxsh meva. 30. Kech kuzda kesiladigan manzarali oʻsimlik. 31. Shaftoli navi. 32. “Ikkinchi non” taʼrifini olgan sabzavot. 33. Kuz mevasi.

 

Tuzuvchi: Foziljon ORIPOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.