“Gulxan”da xanda
Ota oʻgʻlidan soʻradi:
– Bino besh qavatdan iborat. Har qavatdagi zinaning 22 tadan pogʻonasi bor. Beshinchi qavatga chiqish uchun qancha pogʻona bosish kerak?
– Hammasini-da!
***
– Tipratikan nima bilan oziqlanadi?
– Kaktus yesa kerak-da.
***
– Oʻzidan tok oʻtkazuvchi qanday buyumlarni bilasan?
– Simyogʻochni.
***
– Masalani yechdingmi, bitta qalam qancha turar ekan?
– Ikki ming soʻm.
– Toʻgʻri, buni qanday topding?
– Doʻkonga borib, sotuvchidan soʻrab oldim.
***
– Choʻrtan baliqni nima uchun yirtqich deyishadi?
– Akulaning qarindoshi boʻlgani uchun.
***
Tarbiyaviy soatda odob haqida soʻz bordi.
– Tolibov, – soʻradi ustoz, – koʻchada olma solingan ogʻir toʻrva koʻtarib kelayotgan qizchani koʻrib qolding, deylik. Nima qilgan boʻlarding?
– Uning oldiga borib, odob bilan olma soʻrardim.