Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Gullarimiz uchun “uycha”

Yangilikka ishtiyoqmand, mohir qoʻlli tengdoshlar, salomatmisiz? Bugun siz bilan uyimizdagi yashil doʻstlarimiz – gullar va oʻsimliklar uchun ajoyib “uycha” yasashni oʻrganamiz. Uyingizdagi gultuvakning koʻrinishidan qoniqmayapsizmi? Balki, siz ajoyib gullar ekmoqchisiz-u lekin ularga munosib idish topolmayotgandirsiz. Gullarni yaxshi koʻradigan doʻstingiz yoki dugonangizga original koʻrinishdagi, dunyoda faqatgina doʻstingizda boʻladigan gulidish tuhfa etishni xohlaysizmi? Unda boshladik.

Buning uchun bizga baklajka – yelim idish, ishlatilmaydigan kompakt disk, boʻyoq purkagich va yelim kerak boʻladi.

 

1. Salqin ichimlikdan boʻshagan baklajka – yelim idishni chiroyli shaklda kesib olamiz.

2. Baklajkaning qopqoqli qismiga kompakt diskni yelimlaymiz. Shunda u bejirim qadah koʻrinishiga ega boʻladi.

3. Gultuvak qaysi rangda boʻlishini istasak, shu rangdagi boʻyoqni purkaymiz. Ajoyib “gultuvak” tayyor. Endi uning ichiga tuproq va mineral oʻgʻitlar solib sevimli gul koʻchatimizni ekib qoʻysak kifoya.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.