“Ona diyor madhi” kriptografiyasi
Avval quyida ta’riflari bayon etilib, raqamlarda ifodalangan o‘zbek ma’rifatparvar shoiri Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi haqidagi kalit so‘zlarni toping.
- Ijod sohibi tavallud topgan shahar – 10,9, 22,16,13,4, 10.
- Maktab darsligi sifatida yozgan nodir asari nomidan: “Turkiy 7,5, 12,2, 8,10,9, 4 yoxud axloq”.
- Abdulla Avloniyning ikki jildlik tanlangan asarlarini to‘plab nashrga tayyorlab, so‘zboshi yozgan atoqli o‘zbek adabiyotshunos olimi – 11,9, 8,2, 14,9, 21.
- “Maktab” she’rining har bir to‘rtligi tugallangan satrdan: “20,3, 19,1, 3,10 qilib o‘qing, O‘g‘lon!”
- Ijod sohibining ko‘p qo‘llagan taxalluslaridan biri – 2,4, 6,3, 14,3, 8.
- Faslga bag‘ishlangan she’ri – 15,3, 17,9, 1.
- Bir pardali Turkiston turmushidan yozilgan asari – 18,2, 4,3, 16.
Endi shakldagi raqamlarni kalit so‘z javoblaridagi harflar bilan almashtirish orqali kriptogrammani hal eting. Bunda ulardan ilm-u ma’rifatimiz fidoyisining “Vatan” she’ridan to‘rt misra bilib olasiz.
O‘QING-CHI! Shaklning o‘rta qismidagi aylanalaridan bosh harfni topib, ma’lum tartibda o‘qish bilan Abdulla Avloniy erishgan ilmiy darajani bilib oling.
Foziljon ORIPOV tuzdi.